“Prezident va hukumat ayrim hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş, ba’zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida”gi farmon loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha barça toifadagi xöjalik yurituvçi sub’yektlar uçun teng raqobat şaroiti yaratilişini davom ettiriş, hisob-kitob tizimi şaffofligini oşiriş va xöjalik yurituvçi sub’yektlar tölov intizomini mustahkamlaş maqsadida işlab çiqilgan.

Loyiha qabul qilinişi soliq soliş masalalari böyiça quyidagilarga imkon beradi:

a) 2022 yil 15 iyundan boşlab xöjalik yurituvçi sub’yektlar tijorat banklarida oçilgan qonunçilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yöl qöyilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlari tugatiladi.

Bunda, xöjalik yurituvçi sub’yektlar tugatilgan maxsus maqsadli hisobvaraqlaridagi mablağlar qoldiği ular asosiy yoki ikkilamçi hisobvaraqlariga ötkaziladi;

b) maxsus maqsadli hisobvaraqlar Vazirlar Mahkamasi qarori asosida oçiladi va yopiladi;

v) maxsus maqsadli hisobvaraqlarni oçiş va (yoki) yopiş böyiça Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari Moliya vazirligi, Davlat soliq qömitasi va Markaziy bank bilan majburiy ravişda kelişiladi.