Samarqandda 4823 nafar abituriyentning hujjatlarida xatoliklar aniqlandi
Samarqandda 4823 nafar abituriyentning hujjatlarida xatoliklar aniqlandi, deb xabar bermoqda Zarnews.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyatidagi sakkiz oliy o‘quv yurti qabul komissiyalari tomonidan abituriyentlar haqida ma'lumotlarni Davlat test markazi bazasiga kiritishda turli xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. Bu ma'lumotlar Ichki ishlar vazirligi pasport bazasi bilan solishtirganda aniqlangan.
Jumladan, SamDAQIda 1297 nafar abituriyent (jami abituriyentlarning 16,1 foizi) haqidagi ma'lumotlarda turli xil xatolar kuzatilgan. Bu ko‘rsatkich TATU Samarqand filialida 179 (8,2 foiz), SamDUda 2180 (7,4 foiz), SamMIda 400 (6,8 foiz), SamISIda 205 (6,5 foiz), “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida 72 (6,1 foiz), Samarqand veterinariya meditsinasi institutida 360 (5,6 foiz), SamDChTIda 189 (3,7 foiz)ni tashkil etmoqda.
Ayni paytda qabul komissiyalari tomonidan ushbu xatoliklar sabablarini aniqlash va ularni tuzatish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
19:23 / 25.09.2024
Samarqandda qarovsiz holda quritib yuborilgan bog‘lar masalasi prokuratura nazoratiga olindi
16:16 / 25.09.2024
Toshkentdan Buxorogacha tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l quriladi - prezident
19:33 / 24.09.2024
Xalqaro miqyosdagi ko‘zbo‘yamachilik: Samarqandda qurib yotgan uchta bog‘
12:50 / 24.09.2024