“Biz 2030 yilgaça 30 milliard dollarlik davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşiriş böyiça katta dastur qabul qildik. Xususan, Toşkent–Samarqand va Toşkent–Andijon yönalişlarida pulli avtomobil yöllari, Toşkent–Samarqand, Samarqand–Navoiy–Buxoro yönalişlarida tezyurar poyezdlar uçun yangi temiryöl quriş loyihalari amalga oşiriladi”, – dedi davlat rahbari.
Şavkat Mirziyoyevning qöşimça qilişiça, respublikaning yana 6 ta xalqaro aeroportini modernizatsiya qiliş davlat-xususiy şeriklikka beriladi.
“Şuningdek, kelgusi 5 yilda elektr, suv va gaz taqsimlaş tarmoqlarini boşqariş xususiy operatorlarga ötadi. Masalan, Samarqand viloyatining elektr tarmoqlarini boşqaruvga oliş böyiça ötkaziladigan tenderga 50 dan ziyod xorijiy nufuzli kompaniyalar öz qiziqişini bildirdi”, – dedi prezident.
Ma’lum qilinişiça, bugungi kunda infratuzilma, energetika, transport, suv ta’minoti va barqaror rivojlaniş yönalişida OIIB bilan 3 milliard dollarlik 15 ta loyiha amalga oşirilyapti.
“Şu kunlarda bank bilan kelgusi 3 yilda yana 4 milliard dollarlik loyihalar dasturini amalga oşirişga kelişib oldik”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Toşkent va Samarqand şaharlari örtasida yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlar uçun alohida yangi temiryöl quriş rejasi haqida ötgan yili “Özbekiston temiryöllari” AJ raisining birinçi örinbosari Hikmatulla Rahmetov aytib ötgandi.
“Hozir bizda bitta magistral bor – qaysidir uçastkada ikkita, lekin asosan bitta – va biz bugun bu magistraldan ham yuqori tezlikdagi, ham tezyurar, ham oddiy transportlarda yölovçi taşiş maqsadida va ham yuk taşuvlari uçun foydalanamiz, şuning uçun hozirda infratuzilma şunçaki yetişmaydi”, – degandi Rahmetov Samarqanddagi forumda.
ÖTY rasmiysi Toşkent–Samarqand yangi temiryöl magistralini quriş masalasi Jahon banki, boşqa xalqaro moliya institutlari va manfaatdor investorlar bilan muhokama qilinayotgani, keyingi bosqiçlarda yölni Samarqanddan keyin yana uzaytiriş közda tutilganini aytgandi.
Toşkent–Samarqand pulli yölini quriş işlari esa şu yil boşlanişi kerak. Prezidentning avgust oyidagi qaroriga köra, eng yaxşi taklif bergan quruvçi kompaniyani tanlab oliş böyiça tanlov joriy sentabr oyida e’lon qilinişi közda tutilgan. Yil oxirigaça tanlov natijalarini e’lon qiliş, pudratçi bilan şartnoma imzolaş va quriliş işlarini boşlaş topşiriği berilgan.
Özbekistondagi birinçi pulli yölni quriş işlari 2028 yil oxirigaça yakunlanişi közda tutilgan. Şundan keyin yöl davlat-xususiy şeriklik asosida xususiy operatorga topşiriladi. Loyiha qiymati taxminan 2,2 mlrd dollarga baholanmoqda.
4,28 mlrd dollarga baholangan Toşkent–Andijon pulli yölining loyiha konsepsiyasi şu yil oktyabrda tasdiqlanişi, 2025 yil davomida ikki bosqiçli tender ötkazilib, 2026 yilda xususiy şerik bilan şartnoma imzolanişi kerak. Bundan taşqari, hujjatda 2027–2030 yillarda Samarqand–Buxoro pulli yöli va Taxtaqoraça dovonida pulli tunnel qurilişi ham belgilangan.












