O‘zbekiston | 12:07 / 01.08.2018
11200
1 daqiqa o‘qiladi

Aprel-iyun oylarida Markaziy bank qancha valyuta sotgani aytildi

Foto: KUN.UZ

Ikkinchi chorakda Markaziy bankning valyuta bozoridagi sof sotuvi hajmi ikki barobarga qisqardi. 

Markaziy bankning II chorak bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, aprel-iyun oylarida Markaziy bankning valyuta bozoridagi sof sotuvi 300 million dollarni tashkil etdi

Ta'kidlanishicha, bu bank tizimidagi likvidlikning qo‘shimcha qismi paydo bo‘lishiga olib keldi.

Bunday sharoitda, Markaziy bank tijorat banklarining majburiy zaxiralarini shakllantirish qoidalarini o‘zgartirib, yuqorida qayd etilgan likvidlik holatini ma'lum darajaga ko‘tarib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar yarim yil ichida chet eldan qancha pul yuborgani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid