1 sentabr holatiga, Özbekistonning xalqaro zaxiralari 39,15 mlrd dollarga yetdi. Tegişli ma’lumot Markaziy bank saytiga joylangan.
Oltin-valuta zaxiralarining joriy qiymati – ma’lumotlar oçiqlana boşlagan 2018 yildan keyingi davrdagi eng yuqori körsatkiç bölib turibdi.
Avgust oyida xalqaro aktivlar qiymati 1,75 mlrd dollarga yoki taxminan 4,7 foizga oşgan. Iyuldagi ösiş 1,06 mlrd dollarga teng bölgandi.
Bu oşiş asosan oltin hisobiga röy bergan. Avgust oyi davomida rasmiy zaxiralardagi oltinning sof fizik hajmi 12,1 troya unsiyadan 12 troya unsiyaga kamaygan bölsa-da, jahon bozorida bu qimmatbaho metallning narxi sezilarli oşgani hisobiga, zaxiralarning oltin qismi qiymati bir oyda 1,24 mlrd dollar yoki 4,4 foizga köpayib, 30,39 mlrd dollarga yetgan.
2024 yil boşidan buyon jahon bozorida oltin 20 foizga qimmatlaşdi. Ötgan oyda standart oltin quymasining narxi tarixda birinçi marta million dollardan oşdi. Özbekiston iyun-iyul oylarida jahondagi eng köp oltin sotib olgan davlatlardan biri bölgandi.
Xorijiy valutalardagi zaxira aktivlar avgustda 7,68 mlrd dollardan 8,19 mlrd dollargaça (+503,1 mln dollar) köpaygan. Naqd valuta va depozitlarning 7,7 mlrd dollarlik qismi xorijiy banklarga (+450 mln dollar), 408 mln dollarlik qismi xorijiy markaziy banklar, Xalqaro valuta jamğarmasi va Xalqaro hisob-kitoblar bankiga (+54 mln dollar) joylaştirilgan.
Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari yil boşidan beri 4,59 mlrd dollarga yoki 13,3 foizga oşdi.












