Iyul oyida Özbekiston eng köp oltin sotib olgan davlatlar qatorida 2-örinni egallagan. World Gold Council ma’lumotlariga köra, narxlar oşganiga qaramay, iyul oyida markaziy banklarning oltinga talabi mustahkamlangan.
Hisobot davrida markaziy banklar tomonidan sof xaridlar ikki baravar köpayib, 37 mln dollarga yetdi. Polşa Milliy banki yetakçi xaridor bölgan bölsa, undan keyingi örinlarni Özbekiston Markaziy banki va Hindiston Zaxira banki egalladi.
World Gold Council Markaziy banklarning oltinga bölgan talabi kelgusi oylarda davom etişini prognoz qilmoqda.
Iyul oyida yettita markaziy bank öz zaxiralariga bir tonna yoki undan köproq oltin qöşgan, faqat Qozoğiston Markaziy banki özining oltin zaxiralarini qisqartirdi.
Polşa Milliy banki eng yirik xaridor bölib, öz zaxiralariga sof 14 tonna oltin qöşdi, bu 2023 yil noyabridan beri eng yuqori oylik ösişdir. Bu xarid uning oltin zaxiralarini 392 tonnagaça yoki umumiy zaxiralarning 15 foizi miqdorigaça kötardi.
Özbekiston Markaziy banki 9,6 tonna oltin sotib oldi va öz oltin zaxiralarini 375 tonnagaça yetkazdi. Ötgan oydagi oltin xaridi hajmi 9 tonna bölgandi.
Haftalik ma’lumotlarga asoslangan hisob-kitoblar şuni körsatadiki, Hindiston zaxira bankining oltin zaxiralari iyul oyida 5 tonnaga kötarildi, ya’ni bank bu yil şu paytgaça har oy oltin sotib oldi. Yanvar-iyul oylarida Hindistonning sof oltin xaridlari jami 43 tonnani taşkil etib, zaxiralari 846 tonnagaça kötarildi.
Bundan taşqari, iyulda Iordaniya, Turkiya, Qatar va Çexiya ham oltin sotib olgan.
Qozoğiston Markaziy banki iyul oyida yagona sotuvçi bölgan. Uning oltin zaxirasi 4 tonnaga kamaydi, bu esa uning oltin zaxiralarini 295 tonnagaça yoki umumiy zaxirasini 55 foizgaça qisqartirdi.
“Oltin narxining kötarilişi bu yil markaziy banklarning oltin talabiga qandaydir ta’sir körsatişi mumkin bölsa-da, sof oltin sotib olişning uzoq davom etgan tendensiyasi saqlanib qolmoqda”, – deyiladi WGC ma’lumotida.
Jahon oltin kengaşi ötkazgan sönggi sörov natijalariga köra, oltin narxi oşgan bölsa-da, uni sotib olişga talab kamaymasligi mumkin. Buning asosiy sabablari oltinning qiymat ombori sifatidagi roli va inqiroz davridagi ahamiyati bilan boğliq.








