O‘zbekiston | 13:00 / 01.08.2018
15603
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston metallurgiya kombinati»ga yangi rahbar tayinlandi

Bekoboddagi «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatiga yangi rahbar tayinlandi.

Aleksandr Farmonov o‘rniga «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi - bosh direktori lavozimiga o‘tkazilgan Abdullo Xalmurodovich Xursanov o‘rniga endi Tohirjon Tursunboyevich Azamatov «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ boshqaruvining raisi - bosh direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.

Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali ma'lumotiga ko‘ra, Tohirjon Azamatov shu kunga qadar «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.