2008 yildan buyon «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJga rahbarlik qilib kelgan Aleksandr Kasimoviç Farmonov lavozimini tark etgan. «Kun.uz» manbasi ma'lumotiga köra, u boşqa rahbarlik lavozimiga ötkazilgan.

Endilikda OKMKga 2017 yil avgustidan buyon Bekoboddagi «Özbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatiga boş direktor bölib kelgan Abdullo Xolmurodoviç Xursanov rahbarlik qiladi.
Abdullo Xursanov 1966 yilda tuğilgan. 1991 yilda Toşkent arxitektura-quriliş institutini, 2005 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U «Özbekiston metallurgiya kombinati» rahbarligiga kelişdan oldin «Navoiy toğ-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi boş direktorining istiqboldagi rivojlaniş va investitsiyalar böyiça örinbosari lavozimida işlagandi.
1958 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan Aleksandr Farmonov 1975 yildan buyon metallurgiya sanoatida işlab kelgan. U 1985-1995 yillarda Bekobod sement kombinatida direktor bölgan, 1995 yildan 2008 yilgaça «Özbekiston metallurgiya kombinati»ga rahbarlik qilgan, 2008 yilda «Olmaliq toğ-metallurgiya kombinati» OAJ boş direktori, 2017 yildan «Olmaliq KMK» AJ boşqaruvi raisi bölgan.











