16:11 / 02.08.2018
12904

Rossiya layneri Qora dengiz uzra boshqa samolyot bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Foto: samolety.org

Antaliya - Moskva reysi bo‘yicha parvoz qilgan Rossiya layneri noma'lum samolyot bilan xavfli masofada yaqinlashdi. Bu hodisa Qora dengiz uzra yuz berdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks».

1 avgust kuni noma'lum samolyot Turkiya havo bo‘shlig‘ida Rossiya layneri bilan to‘qnashuvni keltirib chiqarishiga bir baxya qoldi. Hodisa iFly aviakompaniyasining A-330 samolyoti bilan sodir bo‘ldi, unda rossiyalik sayyohlar Antaliya kurortlaridan Moskvaga qarab parvoz qilishgandi.

«Turkiyaning havo hududida bo‘lgan samolyot Rossiya chegaralariga yaqinlashganda, ekipaj kabinasida boshqa havo kemasi bilan xavfli masofa yuzaga kelgani haqida signalizatsiya ishlab ketgan. Samolyot ekipaji avtomatika tavsiyalariga tezda rioya qildi hamda balandligini o‘zgartirdi», - deya xabar berdi agentlikka turizm sohasidagi manba. 

Top