Qayd etilişiça, havo kemalarining uçiş va qöniş vaqtida lazer nurlarini havo kemasiga yönaltiriş holatlari köpayib bormoqda. Fuqarolarning bunday xatti-harakatlari uçun Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 116-1-moddasida (havo kemasidan foydalaniş vaqtida lazer nurini yönaltiriş orqali xalaqit beriş) javobgarlik nazarda tutilgan.

Uşbu moddaga asosan havo kemasidan foydalaniş vaqtida havo kemasiga lazer nurini yönaltiriş orqali xalaqit beriş uçun huquqbuzarlik aşyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoqqa olişga sabab bölişi belgilab berilgan.

Yölovçilar va havo kemasi ekipaji a’zolarining hayoti va soğliğiga zarar yetkazişi va xavf tuğdirişi mumkin bölgan baxtsiz hodisalarning oldini oliş maqsadida barça fuqarolardan parvozlar xavfsizligini ta’minlaş talablariga rioya etiş söralgan.