Özbekiston elçixonasi ma’lumotga köra, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport hajmini oşiriş doirasida Fly Khiva mahalliy aviakompaniyasi boş direktori Dilşod Xöjayev boşçiligidagi delegatsiyaning Latviyaga taşrifi taşkil etildi.

Tegişli vazirlik va idoralarda, şuningdek, Riga aeroportida xalqaro havoda yuk taşiş departamenti rahbariyati bilan uçraşuvlar bölib ötdi. Unda Latviya tomoni mamlakatlar örtasida yuk taşiş aloqalarini yölga qöyişdan manfaatdorligini bildirdi.

Tomonlar Boltiqböyining boşqa yirik şaharlariga kengaytirilgan holda Özbekiston – Latviya yönalişi böyiça xalqaro yuk havo taşuvlarini yölga qöyiş masalasini birgalikda örganişga kelişib oldilar.

Yangi havo qatnovi Özbekistondan Latviya hamda Yevropa Ittifoqining boşqa mamlakatlariga meva-sabzavot, töqimaçilik va boşqa mahsulotlarni eksport qilişda muhim yönalişga aylanadi.