15:05 / 02.08.2018
18975

«O‘zavtosanoat» yengil avtomobillar yangi modellarini o‘zlashtirishga qancha dollar yo‘naltirishi ma'lum

Foto: KUN.UZ

«O‘zavtosanoat» 2018-2021 yillarda 290,9 million dollarlik 10ta investitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalashtirgan. Bu haqda Kun.uz’ga Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasidan xabar berishdi.

Yengil avtomobillarning yangi modellarini o‘zlashtirish uchun avtosanoat 65,1 million dollar, tijorat maqsaddagi transport vositalarining yangi modellariga - 110,7 million dollar yo‘naltiradi. Butlovchi qismlarni mahalliylashtirish va mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish uchun yana 51,9 mln dollar nazarda tutilgan.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Asaka zavodi 3-4 yil ichida butun model qatorini yangilaydi. 2018 yilning iyulidan GM Uzbekistan Matiz avtomashinasini ishlab chiqarishdan olib tashladi, yil oxiriga qadar Chevrolet Captiva bilan ham shu yuz beradi.
 
Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2017 yilda GM Uzbekistan quvvatlarida 140,247 yengil avtomobil yig‘ildi, 2016 yilga nisbatan o‘sish sur'ati 59 foizni tashkil etdi. Samarqand avtomobil zavodida 3,6 mingta yuk mashinasi va avtobus ishlab chiqarildi, o‘sish 5,5 foizni tashkil qildi. 2017 yilda «JV MAN Auto-Uzbekistan» qo‘shma korxonasida 1200ta yuk mashinalari va avtobuslar ishlab chiqarildi.

Top