«Iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- ommaviy savdolarga çiqariladigan aksiya paketlari (uluşlar) röyxati;
- ommaviy savdolarga çiqariladigan davlat va davlat iştirokidagi korxonalarning köçmas mulk obektlari röyxati;
- mahalliy fond bozorida aksiyalarining birlamçi (IPO) yoki ikkilamçi (SPO) ommaviy taklifi ötkaziladigan korxonalar röyxati.
Davlat aktivlari 3 oy davomida sotilmaganda (Toşkent şahri va viloyat markazi bundan mustasno) ularning qiymati 10 foizigaça bosqiçma-bosqiç 10 foizdan pasaytirib boriladi. Aktiv boşlanğiç narx pasaytirilganidan keyin ham 3 oy içida sotilmagan taqdirda, xususiylaştirişning boşqa usullari qöllanadi.
Joriy yilgaça ijara şartnomalari asosida ijaraga olganiga kamida 5 yil bölgan va majburiyatlarni bajargan tadbirkorlarga xususiylaştiriş dasturlariga kirgan davlat mulkini baholangan qiymatda töğridan töğri sotib oliş huquqi beriladi.
2024 yil 1 iyuldan davlat iştirokidagi yirik korxonalarda:
- korporativ boşqaruv tizimini takomillaştiriş, jumladan boşqaruv organlari faoliyati samaradorligini yanada oşiriş uçun kuzatuv kengaşiga böysunadigan korporativ kotibiyat taşkil etiladi;
- korporativ boşqaruvning yangilangan qoidalari va axloq kodeksi joriy etiladi;
- kuzatuv kengaşining bayonnomalarini masofadan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz beriş byulletenlari orqali rasmiylaştiriş imkoniyati yaratiladi.
«Özbekneftgaz» AJ tarkibiga kiruvçi 4 ta, «Özavtosanoat» AJ tarkibiga kiruvçi 42 ta, «Özbekiston temiryöllari» AJ tarkibiga kiruvçi 9 ta taşkilotdagi davlat uluşlari xususiylaştiriladi.
Şuningdek, Silk Avia aviakompaniyasi, «Milliy banklararo protsessing markazi» (Humo tölov tizimi) va Xumson sanatoriyasidagi 100 foiz davlat uluşi ham ommaviy savdolarga çiqariladi.
Bundan taşqari, 12 ta yirik korxonadagi davlat uluşlarining mahalliy fond bozorida birlamçi (IPO) va ikkilamçi (SPO) ommaviy taklifi ötkaziladi:


















