«Özavtosanoat» kompaniyasi bayonot bilan çiqib, GM Uzbekistan avtomobillariga narxlar hozirça oşirilmasligi haqida ma'lum qildi.

«Özavtosanoat» AJ boşqaruvi raisi örinbosari Umidjon Salimovning Kun.uz muxbiri bilan suhbatda aytişiça, narxlarni neça foizga, qaysi modellarda, qanday komplektatsiyada oşiriş masalasini Raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi körib çiqişi kerak.

«Qömita narxlarning oşirilişi bilan boğliq holatni örganib çiqadi. Bizda modellardagi optsiyalar juda köp. Ularning har birini qömita mutaxassislari va bizning ekspertlar birgalikda körib çiqadi. Qömitaning mahsulotlar narxi qançaga özgartirilayotgani haqida söraşga huquqi bor. Endi ular har bir model kesimida, optsiyalar kesimida qança foizga oşirilişi möljallanayotganini körib çiqişadi, söng öz xulosalarini berişadi. 

Hozir avtosalonlarga narxlarni oşiriş böyiça xat yuborilmagan. Barça hisob-kitoblarimizni Raqobatni rivojlantiriş qömitasiga beryapmiz. Ular bularni körib çiqib, söng bizga qança foizga oşiriş yoki boşqaça körib çiqiş haqida xulosa beradi. Şundan keyin ularning tavsiyasiga köra narxlar yana qaytadan hisoblab çiqiladi. Hozirça dilerlar şartnoma berişmayapti, tölangan şartnomalarga maşinalar berilyapti», - deya aytib ötdi Umidjon Salimov.