Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
300 somoniy: «Tajik Air» Samarqandga aviachiptalar narxini keskin tushirdi
«Tajik Air» aviakompaniyasi Samarqandgacha aviachiptalar narxini ikki barobardan ham ziyodroqqa tushirdi. Endi bir tomonlama chipta bahosi 300 somoniy (qaryib 273 ming so‘m) ni tashkil etmoqda, deb yozadi news.tj.
«Do‘st va birodar O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari rahbarlarining ezgu niyatlariga asoslanib, shuningdek Tojikistonda 2018 yil Turizmni va xalq hunarmandchiligini rivojlantirish yili deb e'lon qilingani munosabati bilan, sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida «Tajik Air» milliy aviatashuvchisi chiptalar bahosini arzonlatmoqda», — deyishgan kompaniyadagilar.
Endi bir tomonga parvoz qilish uchun chipta narxi 300 somoniyni tashkil etadi, — degan aviakompaniya vakillari.
«Bir yo‘nalishga aviachipta narxi 300 somoniy, barcha yig‘imlar bilan kassada 350 somoniyga yaqin summa hosil bo‘ladi. Biz vaqt o‘tishi bilan narxlarni yanada arzonlatib, chiptalarni yo‘lovchilarimizning oilaviy byudjyeti ko‘taradigan holatga keltirmoqchimiz», — degan «Asia Plus»ga kompaniyaning PR va reklama bo‘yicha mutaxassisi Aziz Xayrulloyev.
Dushanbe — Samarkand — Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvoz oradan chorak asr o‘tib, 28 iyul kuni tiklangan edi. Parvoz Boing 737-300 samolyotida amalga oshirilgan va bir tomonga parvoz vaqti 35 daqiqani tashkil etgan.
Dastlabki parvozlar uchun chipta narxi 650 somoniy (592 ming so‘m) ni tashkil etgan edi.
Mavzuga oid
23:05 / 28.11.2025
O‘zbekistonning davlat qarzi 44 mlrd dollarga yetdi. Pullar nimaga ishlatilgan?
22:06 / 27.11.2025
Oltin narxining oshishi yoki tushishi: bu O‘zbekiston uchun qay darajada ahamiyatli?
21:10 / 20.11.2025
O‘zbekistonga Polsha biznes doiralaridan iborat delegatsiya tashrif buyuradi
22:17 / 15.11.2025