O‘zbekiston | 16:54 / 07.08.2018
18800
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash tizimida yana bir yangi tayinlov ro‘y berdi

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimida Dinara Makkambayevna Xashirbayeva ish boshladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati

Unga, birinchi navbatda, mazkur institutni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, kasb kasalliklarini oldini olish va erta aniqlash, uni  diagnostikasi va davolash standartlarini qayta ko‘rib chiqib, zamonaviy  usullarni amaliyotga tatbiq etish, shu orqali sohada salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash vazifasi yuklatildi. Shuningdek, u innovatsion ishlanma va texnologiyalardan foydalangan holda institutning ilmiy salohiyatini oshirish, mamlakatimizda profpatolog mutaxassislarni tayyorlash, ularning ishini bugungi kun talabidan kelib chiqib to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, aholi salomatligiga zararli ta'sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirish maqsadida sanitariya qoida va me'yorlarni ishlab chiqish  kabi muhim yo‘nalishlarga ham mas'ul etib  belgilandi.

D.Xashirbayeva bunga qadar Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Mavzuga oid