Britaniya parlamenti Jonsonning musulmon ayollar haqidagi so‘zlaridan so‘ng tekshiruv o‘tkazmoqda
Buyuk Britaniyaning konservativ partiyasi sobiq ichki ishlar vaziri Boris Jonsonning musulmon ayollar haqidagi so‘zlari yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda, deb xabar berdi Sky News.
Qayd etilishicha, mustaqil guruh Jonsonning burqadagi ayollarni «pochta qutisi» va «bank o‘g‘rilari» bilan tenglashtirgan so‘zlariga baho beradi.
Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey sobiq ichki ishlar vaziri bu so‘zlari uchun uzr so‘rashi kerakligini aytgandi.
Jonson The Telegraph gazetasida Daniyada burqada yurish taqiqlangani munosabati bilan yozgan maqolasida ana shunday qiyosiy so‘zlarni ishlatgan. U jamoat joylarida burqada yurish taqiqlanishiga qarshi chiqishini yozgan, ammo bunday libos «mutlaqo bema'ni» ko‘rinishini qo‘shib qo‘ygan.
Mavzuga oid
01:19
Buyuk Britaniya karbonat angidridni saqlaydigan maydonchalarni yaratishga salkam 30 mlrd dollar ajratadi
20:36 / 03.10.2024
Buyuk Britaniya uzoq yillik bahslardan keyin Chagos orolini Mavrikiyga qaytarib beradi
23:14 / 30.09.2024
Boris Jonson migratsiya inqirozida Fransiya prezidentini aybladi
20:47 / 30.09.2024