Buyuk Britaniya hukumati ötgan hafta mamlakatda oxirgi kömir elektr stansiyasi yopilganidan keyin 25 yil davomida karbonat angidrid gazini tutib qoliş va saqlaş uçun 28,4 milliard dollar ajratişni reja qilmoqda. Bu haqda hukumatning rasmiy saytida söz boradi.

«Hukumat Buyuk Britaniyada karbonat angidridni saqlab turuvçi birinçi obektlar işga tuşirilişini moliyalaştirişini tasdiqlaydi. Bu minglab yangi iş örinlarini yaratişga, milliardlab xususiy investitsiyani rağbatlantirişga va «sof nol»ga ötiş jarayonini tezlaştirişni qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.

Bu turdagi ikkita maydonça Tissayd (mamlakat şimoli-şarqida) va Mersisayd (şimoli-ğarbda) tumanlarida joylaşadi. Ular uşbu hududlardagi sanoat markazlarining ösişiga xizmat qiladi va töğridan-töğri 4 mingta iş örni yaratib, bir vaqtning özida mamlakatning qolgan qismini energiya bilan ta’minlaydi.

Ta’kidlanişiça, zararli gazlarni töplaşga qaratilgan loyihalarga 10,5 milliard dollar xususiy investitsiya jalb etilişi mumkin.

Şu bilan birga, havoga çiqariladigan karbonat angidrid hajmi yiliga 8,5 million tonnadan ortiqqa kamayadi — bu yöllardan 4 millionta avtomobil olib taşlanganiga teng.