Jamiyat | 13:30 / 09.08.2018
17584
2 daqiqa o‘qiladi

Issiqko‘lda O‘zbekiston fuqarolarini tunab ketishdi

Issiqko‘l viloyatida militsiya xodimlari tomonidan o‘g‘irlikda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi. Ular Norin viloyatidan kelgan, deb xabar bermoqda «Vecherniy Bishkek».

Issiqko‘l viloyatining Cho‘lpon-Ota shaharida militsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan amaliyotlar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiy mulkini o‘g‘irlashda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi. 

36 yoshli T. Jumgalbek va 22 yoshli J. Argen sodir etilgan jinoyat bo‘yicha o‘z aybini tan olgan.

Huquq-tartibot idoralarining ma'lumotlariga ko‘ra, 23 iyul kuni O‘zbekistonning uch fuqarosi: 60 yoshli Dolores Kan, 62 yoshli Yekaterina Li va 51 yoshli Inna Kan Issiqko‘l tuman militsiyasiga murojaat qilgan.

Jabrlanuvchilarning ko‘rsatishicha, Cho‘lpot-Ota shahridagi «Persona» xususiy dam olish uyida hordiq chiqarishayotgan bo‘lgan. Ko‘lda cho‘milib kelish uchun chiqib ketishganida, noma'lum shaxslar kottejga kirgan va ularga tegishli ikkita «Samsung A5», «Samsung S4» mobil telefoni, ikkita iPad hamda 660 dollar miqdoridagi pullarni o‘g‘irlab ketgan.

Ushbu holat bo‘yicha Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida gumon qilinuvchilar 15 kundan keyin qo‘lga olingan.

Mavzuga oid