O‘zbekiston | 12:26 / 09.08.2018
8221
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi ba'zi ko‘chalarda ta'mirlash ishlari olib borilayotgani ma'lum qilindi

Foto: UzA

Yo‘l harakati boshqarmasi texnik vositalaridan foydalanish departamenti tomonidan “Chorsu savdo markazi”dan boshlab Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov chorrahasiga qadar yo‘l belgilarini yangilash, yo‘l chiziqlarini bo‘yash va ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan ushbu ko‘chada avtotransportlar harakatida bir qancha noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

“Ushbu noqulayliklar sabab Toshkent shahar hokimligi barcha turdagi transport vositalari haydovchilaridan yana bir bor uzr so‘raydi. Ta'mirlash ishlari tez orada yakuni yetib yana oldingidek avtotransportlar harakati davom ettirilishini ta'kidlab o‘tamiz. Zero, kundan kunga zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘layotgan yo‘llarimiz, bizni tartibli harakatlanishimiz va o‘z manzilimizga eson omon yetib olishimizni ta'minlaydi! Vaqtinchalik noqulayliklar uchun yana bir bor hamshaharlarimizdan uzr so‘raymiz!” - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid