Hujjatga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toşkent, Farğona va Xorazm viloyatlarida “yaşil” texnikumlar taşkil etiladi. Şuningdek, Toşkent şahrida ham alohida “yaşil” texnikum faoliyat yuritadi.

Buyruqqa köra, mazkur texnikumlar Kasbiy ta’lim agentligi tizimiga ötkaziş orqali qayta taşkil etiladi. Ayrim ta’lim muassasalari nomi özgartirilgan bölsa, Navoiy viloyatining Karmana tumanida yangi “yaşil” texnikum taşkil etiş ham belgilangan.

Mazkur taşabbus Prezidentning kasbiy ta’lim tizimi samaradorligini oşiriş hamda “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va tarğibotni kuçaytirişga qaratilgan qarorlari asosida amalga oşirilmoqda.

Mutaxassislar fikriça, “yaşil” texnikumlar ekologiya, qayta tiklanuvçi energiya, atrof-muhit muhofazasi, resurs tejamkor texnologiyalar va “yaşil” iqtisodiyot sohalari uçun zamonaviy kadrlar tayyorlaşga xizmat qiladi. Bu esa mamlakatda ekologik madaniyatni oşiriş va barqaror rivojlaniş maqsadlarini amalga oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.