Turkmanistonlik sartaroshlarga erkaklarning sochini bo‘yab qo‘yish taqiqlandi
Turmaniston poytaxtidagi sartaroshxonalar erkaklarning sochini bo‘yash xizmatiga chek qo‘yishdi. Qayd etilishicha, bu borada hech qanday yozma buyruq yoki farmoyish taqdim etilmagan, huquq-tartibot organlari xodimlari shunchaki yuqoridan og‘zaki buyruq berilganini ro‘kach qilishmoqda, deb yozadi RL/RFE.
«Eng nufuzli go‘zallik salonlaridan birining xodimi ularning huzuriga shahar prokuraturasi xodimi kelgani, salon boshlig‘ini esa u yerga shaxsan chaqirtirishganini so‘zlab berdi», deb yozadi nashr.
Aytilishicha, bir yilcha oldin Turkmanistonda erkaklar o‘rtasida soch bo‘yash urfga aylangan. Ilgari bu xizmatdan xorijiy kompaniyalar, savdo va diplomatik vakolatxonalar xodimlari, shuningdek sport murabbiylari, didjyeylar va musiqachilar foydalanishgan, ma'lum bir vaqtdan so‘ng u davlat idoralari xodimlari o‘rtasida ham ommalashgan.