Turmaniston poytaxtidagi sartaroşxonalar erkaklarning soçini böyaş xizmatiga çek qöyişdi. Qayd etilişiça, bu borada heç qanday yozma buyruq yoki farmoyiş taqdim etilmagan, huquq-tartibot organlari xodimlari şunçaki yuqoridan oğzaki buyruq berilganini rökaç qilişmoqda, deb yozadi RL/RFE.

«Eng nufuzli gözallik salonlaridan birining xodimi ularning huzuriga şahar prokuraturasi xodimi kelgani, salon boşliğini esa u yerga şaxsan çaqirtirişganini sözlab berdi», deb yozadi naşr.

Aytilişiça, bir yilça oldin Turkmanistonda erkaklar örtasida soç böyaş urfga aylangan. Ilgari bu xizmatdan xorijiy kompaniyalar, savdo va diplomatik vakolatxonalar xodimlari, şuningdek sport murabbiylari, didjyeylar va musiqaçilar foydalanişgan, ma'lum bir vaqtdan söng u davlat idoralari xodimlari örtasida ham ommalaşgan.