Jahongir Ortiqxo‘jayevga ijtimoiy tarmoqlardagi shikoyatlarga munosabat bildirish mas'uliyati yuklandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo‘jayevga fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlariga munosabat bildirish mas'uliyati yuklandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Toshkent shahar hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga ko‘plab murojaat va shikoyatlar kelib tushmoqda. Ularning ko‘pchiligi obodonlashtirish va uy-joy xo‘jaligi masalalariga taalluqlidir. Xususan, fuqarolardan Facebook sahifasi orqali kuni davomida 20ga yaqin murojaatlar qabul qilinmoqda. Ular tegishliligicha o‘rganilib, murojaat egalariga javob berilishi ta'minlangan.
Shuningdek, Matbuot xizmatining telefon raqamiga ham kun davomida 10ga yaqin murojaatlar kelib tushmoqda. Olingan barcha konstruktiv murojaatlar tegishli muassasalarga yo‘llanmoqda. Jumladan, Facebook orqali kelib tushgan Chilonzor tumani “Olmazor” metro bekati yonida noorganik chiqindilar to‘planib qolgani haqidagi fuqaro shikoyati matbuot xizmati tomonidan tezkor ravishda ko‘rib chiqilgan va tegishli xizmatlar yordamida joyida bir kunda hal etilgan.
Haftaning har shanba kuni Toshkent shahar hokimligida “Investorlar kuni” o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Birgina, birinchi uchrashuvning o‘zidayoq qiymati 8 trln so‘mdan ziyodlik 70ta loyiha tasdiqlandi. Jalb qilingan investitsiyalar hajmi 894,2 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
Mavzuga oid
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024