O‘zbekiston | 07:51 / 18.08.2018
19527
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yangi boshqarma tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Toshkent shahar hokimligining quyidagi taklifi ma'qullandi:

Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi huzuridagi Kanallarni saqlash, foydalanish va ta'mirlash bo‘yicha ixtisoslashgan boshqarma negizida asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasini tashkil etish:

Toshkent shahri hududida joylashgan kanallar va ulardagi inshootlarni saqlash bo‘yicha yagona texnika siyosatini olib borish;

Toshkent shahri hududida joylashgan kanallar va suv xo‘jaligi inshootlarining tegishli sanitar holati va texnik ishonchliligini ta'minlash;

kanallardan ishonchli foydalanish va ularni ishchi holatda saqlash uchun tayyorlash;

kanallarni sanitar tozalashni kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni sanitar, ekologik me'yor va qoidalarga muvofiq obodonlashtirish vazifalarini amalga oshirish;

kanallarning shahardan o‘tadigan qismlarini, ular o‘zanlarini betonlash yo‘li bilan rekonstruksiya qilish, qirg‘oq bo‘ylarida zamonaviy landshaft me'morchiligi usullarini qo‘llagan holda rekreatsion hududlarni shakllantirish;

ajratilgan mablag‘lar, moddiy-texnika resurslari, maxsus texnika va asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini, jumladan, suv va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etgan holda oshirish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid