Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar Toshkentdagi loyihalarga investitsiya kiritishi mumkin bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan Toshkent hokimligiga Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan ma'qullangan investitsiya loyihalariga aholining bo‘sh mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarni chiqarish orqali jalb etishga ruxsat berildi.
“Toshkent shahar hokimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan ma'qullangan yoki ishlab chiqilgan rentabelli investitsiya loyihalariga aholining bo‘sh mablag‘larini Toshkent shahrining obligatsiyalari yoki yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik jamiyatlari aksiyalari shaklida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish orqali jalb etishga ruxsat berilsin”, - deyiladi hujjatda.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Toshkent shahar hokimiga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish hamda joylashtirishda ko‘maklashadi.
Mavzuga oid
10:20
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026