14:35 / 21.08.2018
25833

Moskva oblastida 26 nafar o‘zbekistonlik ishchi zaharlandi, bir nafari vafot etdi

Foto: RIA "Novosti"

O‘zbekistonlik ishchilar Moskva oblastidagi Kotelniki shahrida zaharlanishdi.

Moskva oblasti Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining RIA Novosti’ga xabar berishicha, yordam so‘rab 26 kishi murojaat qilgan. Ulardan biri tez yordam yetib kelguniga qadar vafot etdi, yana ikki kishi kasalxonaga borishdan bosh tortdi.

Ta'kidlanishicha, hozirgi vaqtda kasalxonalarda 23 nafar ishchi bor. Favqulodda holat yuz bergan joyga 7ta tez tibbiy yordam brigadasi, Falokatlardagi tibbiyot markazining ikkita brigadasi jalb qilindi.

Mintaqa tezkor xizmatlaridan aniqlik kiritishlaricha, ishchilar 18 avgustda zaharlanishgan. Jabrlangan quruvchilarning biri 88 yoshda.

Dastlabki tashxis - gastroenterit. Ro‘y bergan hodisaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda.

Top