Uçtepa tumani Köksaroy mahallasidagi xonadonda ota-ona va ularning uç qizi uyidan huşsiz holda topildi. Kun.uz muxbirining aniqlik kiritişiça, holat 2024 yilning 16 yanvar kuni sodir bölgan.  

Voqea joyi va murdalar tezkor-tergov guruhi tomonidan közdan keçirilganida 36 yoşli ona va uning 3 yoşli qizi vafot etganligi aniqlangan. Şuningdek, Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya bölimiga oğir ahvolda olib borilgan 39 yoşli ota ham körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 17 yanvar kuni vafot etgan.

Oilaning 12 yoşli va 8 oylik qizlari esa Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Hozirda ularning ham ahvoli oğir ekanligi aytilmoqda.

Boş prokuraturaga matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinovning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilişiça, hodisa joyidan turli xil giyoh va dori vositalari, xonadonda iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining barçasi aşyoviy dalil sifatida olingan. Hozirda holat yuzasidan ekspertiza tayinlangan. Aniq xulosalardan keyin oila a’zolari qanday vafot etgani ma’lum böladi.

SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayevning Kun.uz muxbiriga ma’lum qilişiça, bemorlarga is gazidan zaharlaniş dastlabki taşxisi qöyilgan. “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati rahbari Mehribon Mametova esa tahririyatga 16 yanvar kuni Uçtepa tumanining Köksaroy mahallasida tabiiy gaz ta’minotida uziliş bölmaganinin bildirdi.

Holat böyiça Uçtepa tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Avvalroq, Qoraqalpoğistonning Nukus şahrida ikki nafar fuqaro noma’lum etiologiyali modda ta’sirida zaharlangani, ulardan biri vafot etgani xabar qilingandi.