Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi ixtisoslaştirilgan maktab-internatida 18 yanvardan 19 yanvarga ötar keçasi yotoqxonada yaşovçi 120 nafar öquvçidan 32 nafarinda köngil aynişi, oşqozonda va qorinda oğriq kuzatilgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgan ma’lumotni şanba kuni Özbekiston Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasdiqladi.
Holat böyiça maktab-internat hamşirasi birinçi yordam körsatgan, qöşimça yordam uçun tez yordam xodimlarining körsatmasiga köra tuman tibbiyot birlaşmasiga olib borilgan. Ma’lumot örnida maktab-internat oşxonasida autsorsing asosida «Azizbek Omad uçquni» MÇJ faoliyat olib boradi.
2024 yilning 19 yanvar kuni Sariosiyo tuman Sanitariya va epidimalogiya osoyiştalik markazi tomonidan maktab-internat oşxonasining sanitariya holati töliq örganilib, 18 yanvar kuni öquvçilarga berilgan nonuşta, tuşlik va keçki ovqat namunalari tahlil uçun olindi.
«Hozirda barça öquvçilarning soğligi yaxşi, dars jarayonlarda faol iştirok etişmoqda. Şuni alohida ta’kidlaymizki, vaziyat IIB, SES hamda Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan nazoratga olingan», — deyiladi agentlik xabarida.
Maktab-internatida 402 nafar öquvçiga 37 nafar öqituvçi, 8 nafar tarbiyaçi ta’lim-tarbiya berib keladi.
- Ma’lumot uçun, maktab-internatni issiq ovqat bilan ta’minlaş işlarini autsorsing asosida Termiz şahrida joylaşgan «Azizbek Omad uçquni» xususiy korxonasi olib boradi.
- Uşbu korxona 2023 yil 22 fevralda ötkazilgan tenderda ğolib çiqqan va 30 oy mobaynida mazkur ixtisoslaştirilgan maktab-internatni 684,3 mln sömlik oziq-ovqat bilan ta’minlaşni öz gardaniga olgan.

















