Prezident Şavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Toşkent şahri kengaşi sessiyasida oğir xalqaro vaziyat haqida gapirib ötdi.

Davlat rahbari sözining avvalida murakkab va tahlikali zamonda yaşayotganimiz, Yaqin Şarqdagi va asosiy hamkorlarimiz örtasidagi mojarolar yeçim topmayotgani, şu jumladan Moskva viloyatidagi mudhiş terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olayotganini qayd etgan. 

Bunday murakkab şaroitda iqtisodiyotimizga, aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytiriş eng muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlangan.

Buning uçun mahallaning iqtisodiy zaminini mustahkamlaş, odamlar daromadini köpaytiriş uçun mavjud imkoniyatlarni töliq işga soliş zarurligi qayd etildi.

«Har qanday bino taşqi ta’sirlarga bardoş berişi uçun uning poydevori mustahkam bölişi şart. Mamlakatimiz poydevori bu – mahalla. Mahallani iqtisodiy zamini mustahkam bölsa, odamlarni daromadi köpayib, yaxşi yaşaşga uyi, bolasini öqitişga şaroiti bölsa, ertangi kuni uçun xotirjam bölsa, şunda barqarorlik, taraqqiyot böladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident poytaxtda hali işga solinmagan imkoniyatlarni körsatib ötdi.

Jumladan, 979 ta yer uçastkasini auksionga çiqariş, qişloq xöjaligidan sanoat va aholi punkti toifasiga ötgan 175 gektar yerlarni tadbirkorlarga beriş orqali yangi loyihalarni amalga oşiriş mumkin.

Poytaxtdagi korxona va taşkilotlarda mavjud 98 ming böş iş örni – aholi bandligini ta’minlaş uçun işga solinmagan imkoniyatlardan biri. Bundan taşqari, Yangihayot tumanida 764 gektar yerda taşkil etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida yana ön minglab iş örni yaratiş imkoniyati bor.

Prezident aholi daromadini oşiriş böyiça qanday işlaş zarurligini Yunusobod tumani misolida tuşuntirdi.

Sönggi yetti-sakkiz yilda poytaxtda, şu jumladan Yunusobodda katta özgarişlar böldi. Masalan, bu davrda tumanga 1 milliard 700 million dollar xorijiy investitsiya kiritildi, korxona, savdo va xizmat körsatiş obektlari 3,5 mingtaga, iş örinlari 20 mingtaga köpaydi.

Tumanda 6 ming xonadonli yangi uy-joylar qurildi, 8 mingta yangi öquvçi örni taşkil qilindi, 3 ta oliygoh oçildi. Xususiy boğça, maktab va şifoxonalar soni böyiça ham Yunusobod poytaxtdagi yetakçi tumanlardan biriga aylandi.