Light | 13:23 / 23.08.2018
15545
3 daqiqa o‘qiladi

Bo‘yinbog‘lar qachondan taqila boshlangan?

Foto: Pixabay

Hozirda bo‘yinbog‘ – ishbilarmon erkaklar kostyumining ajralmas qismidir. Biroq qachondan boshlab bo‘yinga bog‘langan mato bo‘lagi mavqeni bildiradigan va bezak sifatida foydalaniladigan bo‘ldi?

Foto: Wikipedia

Bo‘yinbog‘ning urfga kirishi armiyadagi xizmatdan kelib chiqqan. 1974 yilda Xitoyda mashhur terrakota armiyasi topildi. Xitoylik imperator Tsin Shixuandi narigi dunyoda armiyani boshqarish va o‘z dushmanlarini yengish uchun uni o‘z harbiylari bilan ko‘mishni vasiyat qiladi. Albatta, haqiqiy armiyani o‘ldirishni hech kim istamaydi, shuning uchun Osiyolik ustalar xitoylik harbiylarning sakkiz mingdan ortiq haykallari nusxasini yaratishdi. Eng qizig‘i, har bir harbiyning bo‘ynida ro‘molcha bog‘langan. U dunyoga imperator bilan oddiy harbiylar “yo‘l olishmagan” bo‘lsa kerak. Bu imperator shaxsiy gvardiyasi yoki urushda alohida ajralib turgan askarlarga xos bo‘lgan buyum degan qarash mavjud.

Foto: Wikipedia

Bo‘yinga bog‘langan matoni rimlik legionerlarning Trayan Kolonnasida ham uchratish mumkin. Bu ustun rimliklar tomonidan Trayan imperatorining dakiy qabilalari ustidan erishgan g‘alabasi sharafiga miloddan avvalgi 113 yilda tayyorlangan. Terrakota armiyasi bilan bo‘lgani kabi bo‘yindagi ro‘mollar faqat gvardiyachilar va alohida xizmat ko‘rsatgan kurashchilarga munosib ko‘rilgan. Bu o‘ziga xoslik keyingi yuz yillikda ham saqlanib qolgan, deya taxmin qilish mumkin.

Modadagi turli jihatlar rivojlandi. XVIII asrda Yevropadagi deyarli barcha erkaklar hajmi va bichimiga ko‘ra bir-biridan farqli bo‘lgan bo‘yinbog‘larni taqishardi. Ular garderobning asosiy buyumiga aylanishiga oz qoldi. Bo‘yinbog‘larga atalgan kitoblar yozildi, ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Shu darajaga borib yetdiki, ba'zilar bo‘yinbog‘ni barcha qoidalarga amal qilib bo‘yinga bog‘lashga ertalab juda ko‘p vaqt sarflashardi.

Foto: Wikipedia

Sanoatlashish boshlanishi bilan bo‘yinbog‘ “soddalashdi”: ishlab chiqarishdagi ishchilar ham chiroyli ko‘rinishni istardilar, shu bilan birga xavfsizlikka amal qilish zarur edi.

Bo‘yinbog‘ yumshoq holga keldi va “galstuk” deb atala boshlandi. Bo‘yinbog‘ qanchalik oddiy bo‘lsa, shuncha yaxshi edi. 1924 yilda AQShlik tadbirkor Jyessi Langsdorf to‘rt qismdan iborat galstuk chizmasini patentladi. U adashmadi – tadbirkor tomonidan o‘ylab topilgan galstuk o‘n yilliklarni o‘tkazdi va hali ham butun dunyo erkaklari orasida mashhurligini yo‘qotmagan.

Mavzuga oid