Shifokorlar bo‘yinbog‘ taqib yurishning zararidan ogohlantirishdi
Bo‘yinbog‘ taqib yurish bosh miya qon aylanishiga salbiy ta'sir qilishi aniqlandi. Buni Germaniyadagi Shlezvig-Golshteyn universitet shifoxonasi mutaxassislari aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Neuroradiology jurnalida chop etilgan.
Shifokorlar bo‘yinbog‘ bo‘yindagi venalar va uyqu arteriyalarini ezishi va bu organizmga salbiy tserebrovaskulyar ta'sirga olib kelishi haqidagi xulosaga kelishgan.
Tadqiqotda 30 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan. Ularning yarmidan bo‘yinbog‘ taqib, u bilan birga magnit-rezonans tomografiyadan o‘tish so‘ralgan. Qolganlar esa tekshiruvdan bo‘yinbog‘siz o‘tganlar.
Natijada bo‘yinbog‘ taqib yurish oqibatida miyada qon aylanishi ancha kamayishi aniqlangan.
Shifokorlar ko‘plab kasblar va kompaniyalarda dress-kod bo‘yinbog‘ va yoqali ko‘ylak kiyib yurishni talab qilishini, biroq ish beruvchilardan birortasi buning ziyoni haqida o‘ylab ko‘rmasliklariga e'tibor qaratishmoqchi bo‘lishgan.