Fan-texnika | 20:40 / 25.08.2018
4641
6 daqiqa o‘qiladi

LG X-BOOM audio qatori - IFA 2018’da e'tibor markazida

LG Electronics (LG) Berlindagi IFA 2018 ko‘rgazmasida X-BOOM audioqurilmalar kengaytirilgan qatorini taqdim etadi, unda mini-tizimlar va «hammasi bittada» audiotizimlaridan tashqari, portativ X-BOOM Go Bluetooth-kolonkasi va XBOOM AI ThinQ «aqlli» kolonkasi bo‘ladi. X-BOOM nomi har doim bayramona muhitda kuchli tovush bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lib, bu brendga mini-tizimlar va «hammasi bittada» audio tizimlari toifalarida jahon bozorining 35 foiziga ega bo‘lishiga yordam berdi.

Foto: LG

LG o‘zining 60 yillik yubileyida audioqurilmalar sohasidagi o‘z strategiyasini faol ravishda rivojlantirmoqda, shuningdek, tovush sifatiga e'tibor qaratib, tadqiqot va ishlanmalarga sarmoya kiritmoqda. Strategiyaning bir misoliga texnologiyasi LG X-BOOM qatori mahsulotlariga kiritilgan Meridian Audio bilan hamkorlik aylandi. Innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishda birinchilardan bo‘lgan Meridian Master Quality Authenticated (MQA) inqilobiy audio texnologiyasini rivojlantirish va tatbiq etishda muhim rol o‘ynadi, shuningdek,  Land Rover, McLaren va Jaguar kabi premium avtomobillar uchun eksklyuziv audio brend bo‘lgan.

Foto: LG

X-BOOM (CK99 modeli) mini-tizimi va «hammasi bittada» musiqa audiotizimi (OK99 modeli) o‘zining shovqinli bazm muhitini yaratuvchi 1800dan 5000gacha vatt tovush kuchi tufayli iste'molchilar orasida juda mashhur. Pro DJ g‘ildirakchasi bilan har bir odam miksherlash va skretching kreativ funksiyalari hamda qiziqarli nur effektlari sababli o‘zini didjyey kabi his qilishi mumkin. Karaokeni sevadiganlar deyarli har bir qo‘shiqda vokalni olib tashlab,  Voice Canceller va Key Changer funksiyalari yordamida tonallikni sozlashlari mumkin, kolesiki Grab & Move dastalari va g‘ildirakchalari LG OK99’ga «portativ audiotizim» tushunchasiga yangi ma'no beradi.

Foto: LG

X-BOOM Go (PK3/PK5/PK7 modellari) qatorga kiritilishi bilan, ko‘proq musiqa ixlosmandlari LG’ning audioapparaturani yaratishdagi mahoratini baholashlari mumkin bo‘ladi. X-BOOM Go qudratli tovush va bayramona xursandchilikni yaratishda brendning tajribasiga yuzlanadi, foydalanuvchilarga sifat va qulaylikni taqdim etadi. Meridian zamonaviy audiotexnologiyasi tufayli X-BOOM Go kolonkalari toza yuqori chastotalar va kuchaygan baslarni ta'minlaydi, shuningdek, kichik o‘lchamli bo‘lishiga qaramasdan, toza, yuqori tovush beradi.

Foto: LG

X-BOOM Go - bu Qualcomm’dan aptX™ HD qo‘llab-quvvatloviga ega birinchi simsiz kolonkalar, bunda yuqori kenglikdagi 24bit/576kbit/s audio oqimi yo‘qotishlarsiz yangraydi, ular Bluetooth orqali tovush sifati yomonlashishini yoqtirmaydigan audiofillar talabiga mos tushadi. LG o‘zining G5 modeli smartfoni komplektatsiyasiga aptX HD’ni birinchi bo‘lib kiritdi, hamda bu ilg‘or texnologiya hozirgi paytda ham LG G7 ThinQ’da ishlatiladi. X-BOOM Go modellari rang yorug‘lik funksiyaga ega va maksimal portativlik hamda barqarorlik uchun Grab-N-Go va X-grip dastalari bilan jihozlangan. Batareya ishlash muddatining uzoqligi va atrof-muhit ta'siriga chidamlilik X-BOOM Go kolonkalarini xonadan tashqarida foydalanish uchun ajoyib yechimga aylantiradi.

Foto: LG

LG X-BOOM AI ThinQ kolonkalar qatori WK7 va WK9 modellarini o‘z ichiga oladi hamda Google Assistant yordamida ovozli boshqaruv funksiyasini amalga oshiradi. LG X-BOOM AI ThinQ’da boshqa sun'iy idrokka ega kolonkalardan farqli o‘laroq, tovush sifati - birinchi o‘rinda. navbatda. LG va Meridian hamkorligi audiotexnika sohasida yuqori sifatli tovushlarni yaratib, vokal va baslarning aniq eshitilishini ta'minlab, kompaniyalarning to‘liq salohiyatini ochib beradi. LG XBOOM AI ThinQ’da High Resolution Audio yo‘qotishlarsiz tovush audioni studiyada yozilganidek chiqaradi. LG va Google hamkorligi tufayli Google Assistant shaxsiy yordamchisi mahsulotga xuddi uy stansiyasiga bo‘lgani kabi integratsiya qilingan, bu  WK7 va WK9 modellariga «aqlli uy»ning Google Assistant bilan mos qurilmalarini, shuningdek, LG ThinQ bilan uyg‘un LG elektr uskunalarini boshqarish imkonini beradi. Yil yakunida hozirda muhim bozorlarda sotuvga chiqarilayotgan X-BOOM AI ThinQ WK7 kolonkalariga foydalanishda katta interfaollikni ta'minlash uchun mo‘ljallangan 8-dyuymli Smart Display displeyi jihozlangan WK9 modeli qo‘shiladi.

Foto: LG

«X-BOOM qatorini simsiz va «aqlli» kolonkalar bilan kengaytirib, LG yangi imkoniyatlarni ochmoqda, bunda X-BOOM bizning uy audiosi bo‘yicha barcha yo‘nalishlarimiz tepasida turadi, - deya ma'lum qildi LG Home Entertainment Company audio/video konvergent bo‘linmasi rahbari So Yung-chje (Seo Young-jae). - Meridian kompaniyasi bilan audiotexnologiyalar sohasidagi hamkor sifatida biz Yevropada X-BOOM dunyoning boshqa mintaqalarida bo‘lgani kabi muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonamiz».              

Foto: LG

IFA 2018 ko‘rgazmasidagi LG stendiga tashrif buyuruvchilar 18-zalda 18-uyda LG X-BOOM mahsuloti va uyda foydalanish uchun boshqa innovatsion multimediya mahsulotlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida

#LG

Mavzuga oid