08:41 / 26.08.2018
12260

Apple’ning eng xaridorgir mahsuloti ma'lum qilindi. Bu iPhone emas

Foto: AP/Mark Schiefelbein

Ceros bulutli platformasi mutaxassislari tadqiqot o‘tkazib, Apple kompaniyasining eng talabgir mahsulotlarini aniqlashdi. Tadqiqotchilar o‘z ishlari natijalarini platforma saytida e'lon qilishdi. Tadqiqotda Best Buy tarmog‘ining AQSh va Kanada bozoridagi savdo natijalari o‘rganilgan.

Aniqlanishicha, 2016 yilda kompaniyaning eng xaridorgir mahsuloti Lightning-to-USB 2.0 kabeli bo‘lgan. Ayfon egalari ko‘pincha uni yo‘qotishgan yoki ishdan chiqarishgan. 2-o‘rinni Earpods quloqchinlari, 3-o‘rinni esa Apple TV mediapleyeri egallagan.

2017 yildan biroz o‘zgarish yuz bergan: iPhone 7 savdoga chiqqach, 1-o‘rinni AirPods simsiz quloqchinlari egallagan va hanuzgacha kompaniyaning eng talabgir mahsuloti bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga oid
Top