Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlari. Shahboz Ahatov bronza uchun kurashadi
27 avgust kuni Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston karate jamoasining 4 nafar vakili bahslarga qo‘shildi.
Jamoaning -84 kg vazn toifasidagi vakili Shahboz Ahatov nimchorak finalda Qirg‘iziston vakili Ganjali Abbosovni 8:1 hisobida mag‘lub etdi.
U chorak finalda hindistonlik Vishaldan ham ustun keldi - 8:0.
Ammo u yarim finalda yaponiyalik Araga Ryutaroga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Shundan so‘ng u bronza medali uchun kurashadi. Uning medal uchun raqibi Xitoy Taypey vakili Vu Chunvey bo‘ladi.
-68 kg vazn toifasida ishtirok etgan Dildor Annadurdiyeva ilk jangidayoq qozog‘istonlik Guzalya Gafurovaga 0:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Gafurova finalga yetib borgach, Annadurdiyevda bronza medal uchun kurashish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ammo medal uchun o‘tish jangida qatnashgan Annadurdiyeva eronlik raqibiga 0:3 hisobida yutqazdi.
Shuningdek, -75kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Dastonbek Otabolayev ilk jangida iordaniyalik Bashar Alnajjarga 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va turnirdagi ishtirokini to‘xtatdi.