07:59 / 28.08.2018
8889

Tramp va Merkel Idlib hamda Ukraina bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp va Germaniya kansleri Angela Merkel Suriyaning Idlib viloyati va Ukraina bo‘yicha xalqaro sa'y-harakatlarga chaqirishdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Har ikki yetakchi Idlib viloyatida gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida xalqaro harakatlarga, shuningdek, Ukraina sharqidagi mojaroga yechim topish bo‘yicha sa'y-harakatlarni tiklashga chaqirdi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq, Tramp va Merkel savdo to‘siqlarini bartaraf etish bo‘yicha AQSh-YeI muzokaralarini qo‘llab-quvvatlagani xabar qilingandi.

Shuningdek, Donald Trampning ma'lum qilishicha, Meksika bilan yangi savdo kelishuviga erishilgan.

Top