Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xavfli retsidivistning bu safargi qurboni o‘zining xotini bo‘ldi
Joriy yilning 28 iyundan 29 iyunga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan J.A. tomonidan mudhish voqea sodir etildi. Bu shaxs G‘allaorol tumanida yashovchi E.Z. bilan shar'iy nikoh asosida uning uyida yashab kelgan. Shu kuni soat 00:30 larda insoniylik xislatlariga zid ravishda Z.E. ning ko‘krak, qorin va o‘ng yelka orqa sohasiga bir necha bor o‘zi bilan birga olib kelgan pichoq bilan urgan.
E.Z ushbu tan jarohati og‘rig‘iga chiday olmay qattiq baqirgan. Natijada uning onasi odamlarni yordamga chaqirganligi uchun J.A. o‘z maqsadini oxiriga yetkaza olmagan.
J.A. oldin ham bir necha bor jinoyat sodir etib, jazoni o‘tab chiqqan. Har safar yengilroq jazo berilgan. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan bu shaxs qaytadan jinoyat sodir etgan.
Hozirgi kunda fuqaro J.A. ga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudi tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:40 / 09.01.2026
Samarqandda 15 yoshli bola uylangani haqidagi video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
17:53 / 25.11.2025