Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Yu. uşlandi.
U göyoki Toşkent viloyati kadastr filialida işlovçi tanişlari orqali Zangiota tumani Böston mahallasida joylaşgan davlat zaxirasidagi 24 sotix yer maydonini fuqaro Ş.A. nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan. Uşbu xizmat evaziga 20 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.K. ham uşlandi. U öziga tegişli 8 sotix tomorqa yer maydoni hamda temir yöl muhofaza hududiga kiruvçi yana 5 sotix yerni fuqaro A.S.ga 39 ming AQŞ dollariga sotişga kelişgan. Yer hujjatlarini rasmiylaştirib berişni va’da qilib, oldindan 5 ming dollar bönak olgan vaqtida uşlangan.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












