Sport | 09:40 / 29.08.2018
6790
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonlik ikki dzyudochi yarim finalda

Bugun, 29 avgust kuni o‘zbekistonlik dzyudochilar Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroklarini boshlashdi.

-60 kg vazn toifasidagi Diyorbek O‘rozboyev bahslarga nimchorak finaldan kirishdi. U dastlabki raqibi, hindistonlik Yadav Vijay Kumarni ippon bahosi bilan mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

Foto: Anvar Ilyasov

Chorak finalda esa Xitoy Taypey vakili Yang Yungveyni vazari bahosi bilan mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Foto: Anvar Ilyasov

Endi u final yo‘llanmasi uchun janubiy koreyalik Li Harim bilan bellashadi.

-66 kg vazn toifasidagi Shahram Ahadov tojikistonlik Yoqubjon Boqiyevdan ippon bahosi bilan ustun keldi va chorak finalga yo‘l oldi. U chorak finalda Shimoliy Koreya vakili Kim Hyongunni vazari bahosi bilan mag‘lub etdi va yarim finalga chiqdi.

Endi u final yo‘llanmasi uchun janubiy koreyalik An Baul bilan kurashadi.

-48 kg vazn toifasi vakili Diyora Keldiyorova ilk davrada laoslik raqibasini mag‘lub etdi va chorak finalga chiqdi. Ammo u chorak finalda yaponiyalik sportchi Kondo Amiga yutqazib qo‘ydi. Bronza uchun o‘tish bahslarida ishtirok etgan Keldiyorova shimoliy koreyalik Joy Yu Sundan ham mag‘lub bo‘ldi.

Nimchorak final doirasida yana bir o‘zbekistonlik sportchi, -52 kg vazn toifasidagi Gulnoza Ziyayeva esa hindistonlik dzyudochini mag‘lub etib chorak finalga chiqdi.

Foto: Anvar Ilyasov

Ammo u ham chorak finalda janubiy koreyalik Dasol Parkka yutqazdi. Endi u bronza medali uchun kurashadi.

Mavzuga oid