Jamiyat | 21:36 / 29.08.2018
16432
2 daqiqa o‘qiladi

Toshni teshgan tomchilar: Besamar yordam kutma

Yo‘q narsani kutmoq eng xunuk orzudir

Kimnidir o‘zingizga yaqin oldingiz. U bilan munosabatingiz juda yaqinligi sababli undan yordam kutdingiz. Unga siz kutgan, siz muhtoj bo‘lgan narsani berishiga qattiq ishondingiz va natija siz o‘ylagandek bo‘lmadi. Siz yaqin deb bilgan do‘stingiz sizni orzularingizni amalga oshira olmadi. Bu insonga xos holat. Ammo Xoliqqa qilingan umid, Unga qaratilgan ilinj hech qachon besamar ketmagan. U Zot muhtojlarning qo‘lini quruq qaytarmagan. To‘g‘ri,  orzu qilgan narsalarimizning aksari dunyoda amalga oshadi. Bir muddat bundan sarmast ham bo‘lamiz. Lekin o‘sha bir umr kutgan narsalarimiz bir kuni tugaydi. Garchi tuganmasdek bo‘lib tuyulsa ham, bir kun dunyo tugashi bilan u ham tugashi aniq. Demak bu dunyoda biz erishgan aksar narsalar aslida yo‘q narsalardir. Uni orzu qilish esa yo‘q narsani orzu qilishdir. Orzu qilishingiz, bir umr kutishingiz, orzuyingiz ro‘yobi abadiy sizniki bo‘lishi, aslo tugab qolmasligi aniq bo‘lgan narsa bor. Bu jannat orzusi. Jannat orzu qilinishga eng haqli xilqat. Uni deb tinim bilmaslik, bu dunyo rohatidan kechmoqlik yarashadigan orzudir. Agar kimning jannat orzusi amalga oshsa, u eng baxtlilar qatoridagi inson ekanligiga shubha yo‘q.

Zahiriddin Mansur

Mavzuga oid