Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda internetdagi mish-mishlarga qarshi xizmat ishga tushdi
Foto: Reuters
Xitoyda «onlayn-mish-mishlar»ga qarshi faoliyat olib boruvchi Piyao («mish-mishlarni rad qilish» ma'nosini bildiradi) platformasi ishga tushdi, deb xabar berdi Reuters.
Unda yolg‘on yangilik va xabarlarni ajrata oladigan sun'iy ongdan foydalaniladi. Piyao sayt va mobil ko‘rinishida bo‘lib, uning ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda ham akkauntlari mavjud.
Bundan tashqari, Piyao mahalliy gazeta va davlat OAVdan olingan «haqqoniy yangiliklar»ni tarqatish bilan ham shug‘ullanadi.
«Mish-mishlar shaxs huquqlarini buzadi, mish-mishlar jamiyatda vahima keltirib chiqaradi, mish-mishlar fond bozorlarini larzaga soladi, mish-mishlar biznes yuritishga ta'sir ko‘rsatadi», - deyiladi Piyao ishga tushishiga bag‘ishlangan videoda.
Platforma kibermakon masalalari bo‘yicha markaziy komissiya va «Sinxua» agentligi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan bo‘lib, o‘ziga o‘xshagan 40ga yaqin platformani birlashtirgan.
Xitoyda internetda mish-mishdan iborat post joylashtirgan muallif agar bu post 5 ming martadan ortiq ko‘rilsa yoki 500dan ortiq repost qilinsa qamoqqa olinishi mumkin.
Mavzuga oid
23:57 / 24.01.2026
Tramp Kanadaga 100 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026