Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlari. Kumush Yo‘ldosheva finalga chiqdi
Indoneziyada Osiyo o‘yinlarining o‘zbeki milliy kurashi bo‘yicha oxirgi kun bahslari davom etmoqda.
O‘zbekiston kurash jamoasining -78 kg vazn toifasidagi vakili Kumush Yo‘ldosheva yarim finaldagi raqibini ham mag‘lubiyatga uchratdi.
U Xitoy Taypey vakili Yang Xsiyentszuga qarshi gilamga chiqib, qiyin kechgan bahsda g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi.

Endi u finalda mo‘g‘ulistonlik Otgon Munktsetseg bilan oltin medal uchun bellashadi.

Kumush Yo‘ldosheva nimchorak finalda indoneziyalik Maulida Szalsani, chorak finalda qozog‘istonlik Kaljan Tayjanovani yengdi va yarim finalga chiqqandi.