Sport | 16:40 / 31.08.2018
10688
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. Dzyudoda yana bitta medal qo‘lga kiritildi

Osiyo o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha bahslarda O‘zbekiston jamoasi navbatdagi medalni qo‘lga kiritdi.

+100 kg vazn toifasidagi Bekmurod Oltiboyev bronza medal uchun gilamga chiqib, eronlik Javod Mahjudni vazari bahosi bilan mag‘lub etdi.

Bekmurod Oltiboyev ishtirokini chorak finaldan boshlab, ilk jangdayoq yaponiyalik Takeshi Ojitaniga yutqazdi. Shundan so‘ng bronza medal uchun o‘tish bahsida gilamga chiqqan Oltiboyev xitoylik Yin Yongiyega qarshi gilamga chiqib, ippon bahosi bilan g‘alabaga erishdi. 

Bundan oldinroq -100 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Sherali Jo‘rayev Osiyo o‘yinlari bronza medali sovrindoriga aylangandi.

Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi bronza medallar soni 21taga yetdi. O‘zbekiston umumiy reytingda 55 medal bilan (15 oltin, 19 kumush va 21 bronza) yettinchi o‘rinda qolmoqda.

Shu tariqa, dzyudo jamoasi Osiyo o‘yinlarida jami 4ta medal oldi. Turnir davomida -60 kg vazn toifasida tashri Diyorbek O‘razboyev oltin, -70 kg vazn toifasida Gulnoza Matniyazova bronza medal olgandi.

Mavzuga oid