Osiyo öyinlarida dzyudo böyiça bahslarda Özbekiston jamoasi navbatdagi medalni qölga kiritdi.
+100 kg vazn toifasidagi Bekmurod Oltiboyev bronza medal uçun gilamga çiqib, eronlik Javod Mahjudni vazari bahosi bilan mağlub etdi.
Bekmurod Oltiboyev iştirokini çorak finaldan boşlab, ilk jangdayoq yaponiyalik Takeşi Ojitaniga yutqazdi. Şundan söng bronza medal uçun ötiş bahsida gilamga çiqqan Oltiboyev xitoylik Yin Yongiyega qarşi gilamga çiqib, ippon bahosi bilan ğalabaga erişdi.
Bundan oldinroq -100 kg vazn toifasidagi bahslarda iştirok etgan Şerali Jörayev Osiyo öyinlari bronza medali sovrindoriga aylangandi.
Endilikda Özbekiston delegatsiyasi hisobidagi bronza medallar soni 21taga yetdi. Özbekiston umumiy reytingda 55 medal bilan (15 oltin, 19 kumuş va 21 bronza) yettinçi örinda qolmoqda.
Şu tariqa, dzyudo jamoasi Osiyo öyinlarida jami 4ta medal oldi. Turnir davomida -60 kg vazn toifasida taşri Diyorbek Örazboyev oltin, -70 kg vazn toifasida Gulnoza Matniyazova bronza medal olgandi.












