Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya razvedkasi Tramp «qarmoqda» ekaniga amin bo‘lgan - AP
Foto: AP
AQSh Adliya vazirligi departamenti katta advokati Bryus Orning ma'lum qilishicha, Rossiya razvedkasi AQSh prezidenti Donald Trampning ularning «qarmog‘ida» ekaniga amin bo‘lgan. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.
Orning so‘zlariga ko‘ra, bunday ma'lumotni ikki yil avval unga britaniyalik sobiq josus, FQBga axborot yetkazib beruvchi Kristofer Stil taqdim etgan. Ta'kidlanishicha, Or uchrashuv davomida Trampning saylovoldi shtabi va rossiyalik mulozimlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilganini ham bilib olgan.
Respublikachilar partiyasining vakillari so‘zlariga ko‘ra, advokat axborot yetkazib beruvchi shaxs bilan bir necha marotaba uchrashib, o‘z vakolatlarini oshirib yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yeltsin Klintonni Qrim bo‘yicha ogohlantirgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
14:09 / 12.05.2026
Rossiya uch kunlik sulhdan keyin Ukrainaga hujumlarni yana boshladi
09:13 / 12.05.2026
Rossiyada real daromadlar o‘sishi keskin sekinlashdi
08:52 / 12.05.2026
The Economist: Ukraina urushda tashabbusni Rossiyadan tortib oldi
22:53 / 11.05.2026