Jahon | 17:27 / 05.09.2018
19800
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroosiyo mintaqasining eng yetakchi universitetlari reytingi e'lon qilindi. O‘zbekiston yo‘q

Moskva davlat universiteti/Foto: Wikipedia

Britaniyaning Times Higher Education (THE) nashri Yevroosiyo mintaqasining yetakchi oliy ta'lim muassasalari reytingini e'lon qildi.

Reyting natijalari THE «Times Higher Education Research Excellence Summit: Eurasia» Ilg‘or tadqiqotlar birinchi sammitida e'lon qilindi.

Yevroosiyo mintaqasi Afg‘oniston, Armaniston, Ozarboyjon, Belarus, Gruziya, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekistonni qamrab oladi.

Birinchi uch o‘rinni Rossiya universitetlari egalladi: Moskva davlat universiteti, Moskva fizika-texnika instituti va Tomsk politexnika universiteti. Reytingga Eron, Turkiya, Ukraina, Gruziya va Belarus universitetlari ham kirgan.

Reyting tuzuvchilari oliy ta'lim muassasalari faoliyatini 13ta mezon bo‘yicha tahlil qilishadi. Ular orasida xalqaro talabalar va o‘qituvchilik harakatchanligi, xalqaro stipendiya dasturlari, ilmiy tadqiqotlar darajasi, innovatsiyalarga qo‘shilish, ilmiy maqolalardan iqtibos keltirish, ta'lim xizmatlarining sifati va boshqalar bor. 

Mavzuga oid