“Bir oyda foydalanishga topshiramiz” – Agrar universiteti yotoqxonasi ta’miridagi kamchiliklar bartaraf etilayotgani aytildi
Avvalroq Agrar universiteti yotoqxonasi qurilishi sifatsiz ishlar sababli to‘xtatilgandi. Kun.uz muxbiri hududga borib, binodagi qurilish jarayonlarini o‘rgandi. Hozirda binoning pardozlash ishlarida sifatsiz bajarilgan gipsokarton ishlari buzdirilib qaytadan loyiha talablari asosida metall profillari bilan qotirilmoqda. Pudrat vakiliga ko‘ra, barcha kamchiliklar bir oy ichida bartaraf etilib, foydalanishga topshirilishi reja qilingan.
Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat Agrar universitetining 400 o‘rinli yotoqxona binosi qurilishi to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishida loyihaga zid, sifatsiz ishlar bajarilgan.
Jumladan, gipsokarton plitasining ichki pardoz devorlariga yopishtirilishi jarayonida metall profillardan karkas qilib o‘rnatilishi o‘rniga oddiy gipslar qotirilib, mustahkamlangan.
Shuningdek, pudratchi tomonidan binoning ichki xonalariga kirish eshiklarining sarbastlari loyihaga zid bajarilgan, tom yopish ishlarida esa loyihaga umuman amal qilinmagan.
Shundan keyin bino texnik tekshiruvdan qayta o‘tkazilgunga qadar qurilish to‘xtatib qo‘yilgandi.
Bugungi kunga kelib binoning pardozlash ishlarida sifatsiz bajarilgan gipsokarton ishlari buzdirilib, qaytadan loyiha talablari asosida metall profillari bilan qotirilmoqda.
“Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Xususan, devorlarga o‘rnatilgan gipsokarton to‘liq buzib chiqilib, o‘rniga metall profillar qotirilyapti. Sifatli, yuz foiz loyiha talabiga javob beradigan qilib qaytadan ta’mirlanyapti”, deydi pudrat vakili Sherzod Yusupov.
Tom yopish ishlarida taxtalar loyiha talablari asosida mustahkamlanyapti.
“Yotoqxona qurilish ishlari joriy yilning oktyabr oyida yakunlanib, foydalanishga topshirilishi kerak edi. Ayrim loyihalarga o‘zgartirishlar kiritilgani sabab topshirilish muddati cho‘zildi. Jumladan, mehmonxonadagi kabi har bir xona sanuzel bilan jihozlanmoqda”, deydi Agrar universiteti bosh energetiki Ahmad Choriyev.
Pudratchi vakilining qo‘shimcha qilishicha, yangi qurilayotgan yotoqxonadagi barcha kamchiliklar bir oy muddat ichida bartaraf etilib, bino foydalanishga topshirilishi reja qilingan.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda biogazdan metan ishlab chiqariladi
O‘zbekiston | 13:15
-
Shimoliy vokzal oldidagi yerosti tunnelida Gentra yonib ketdi
Jamiyat | 13:10
-
Bloomberg: Tramp NATO yetakchilari bilan yopiq uchrashuvdagi nutqida Rossiyani umuman tilga olmadi
Jahon | 13:10
-
O‘zbekiston Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shiladi
O‘zbekiston | 12:58
Mavzuga oid

11:33 / 23.06.2025
O‘zbekistonda 1 iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

11:20 / 21.06.2025
AQShda universitetlarga tadqiqot uchun to‘lovlar kamaytirilishi bloklandi

10:55 / 20.06.2025
7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

12:30 / 08.06.2025