Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinning Eronga tashrifi vaqtidagi g‘alati hodisa haqida ma'lumot paydo bo‘ldi
Vladimir Putinning Tehronda Eron va Turkiya prezidentlari Hasan Ruhoniy hamda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan muzokaralari vaqtida kutilmagan hodisa yuz berdi, aynan u tufayli muzokaralarning yopiq qismidagi kun tartibi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda «Kommersant'» yozmoqda.
«Biz matbuot anjumanlari uchun zalga o‘tgandik, men yangi quloqchinlarni qabul qilib oldim, ularda esa - kutilmaganda! - yig‘ilishning yopiq qismidan translyatsiya rus tilidagi tarjimasi bilan berilayotgandi», - deyiladi maqolada. Yana bir kutilmagan holat undan avvalroq yuz bergandi - tashkilotlar barcha uch yetakchining chiqishini jonli efirda namoyish etishdi, biroq, shu bilan birga, Putin va Erdo‘g‘anning nutqlari chog‘ida ovoz o‘chirib qo‘yilgan.
Vladimir Putin 7 sentabr, juma kuni Tehronga rasmiy tashrif bilan keldi, u yerda Suriyadagi vaziyatga yechim topish bo‘yicha Rossiya-Eron-Turkiya uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tdi. Xususan, Putinning ma'lum qilishicha, Suriya Arab Respublikasidagi noqonuniy qurolli tuzilmalar provokatsiyalarni tayyorlamoqda, bunda kimyoviy quroldan foydalanishlari ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiyaga javob qaytargani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:41
Putin: rus tili filologiya fakultetlaridan ajratilishi kerak
22:05 / 02.06.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
21:07 / 02.06.2026
AQSh Eron bilan muzokara o‘tkazishning asosiy sharti sifatida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishni talab qilmoqda
16:47 / 02.06.2026