Vladimir Putinning Tehronda Eron va Turkiya prezidentlari Hasan Ruhoniy hamda Rajab Toyyib Erdöğan bilan muzokaralari vaqtida kutilmagan hodisa yuz berdi, aynan u tufayli muzokaralarning yopiq qismidagi kun tartibi ma'lum böldi. Bu haqda «Kommersant'» yozmoqda.

«Biz matbuot anjumanlari uçun zalga ötgandik, men yangi quloqçinlarni qabul qilib oldim, ularda esa - kutilmaganda! - yiğilişning yopiq qismidan translyatsiya rus tilidagi tarjimasi bilan berilayotgandi», - deyiladi maqolada. Yana bir kutilmagan holat undan avvalroq yuz bergandi - taşkilotlar barça uç yetakçining çiqişini jonli efirda namoyiş etişdi, biroq, şu bilan birga, Putin va Erdöğanning nutqlari çoğida ovoz öçirib qöyilgan.

Vladimir Putin 7 sentabr, juma kuni Tehronga rasmiy taşrif bilan keldi, u yerda Suriyadagi vaziyatga yeçim topiş böyiça Rossiya-Eron-Turkiya uç tomonlama sammiti bölib ötdi. Xususan, Putinning ma'lum qilişiça, Suriya Arab Respublikasidagi noqonuniy qurolli tuzilmalar provokatsiyalarni tayyorlamoqda, bunda kimyoviy quroldan foydalanişlari ham mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Rossiyaga javob qaytargani xabar berilgandi.