Vashingtonda Falastinni ozod qilish tashkiloti ofisi yopildi
AQSh Davlat departamenti 1994 yildan buyon Vashingtonda faoliyat yuritgan Falastinni ozod qilish tashkiloti (FOQT)ning vakolatxonasi yopilishi haqida e'lon qildi. Bu haqda tashqi siyosat idorasi vakili Xizert Nauert xabar berdi.
Isroilga ma'qul keluvchi qarorning sababi sifatida AQSh Kongressi «tashvishda» ekani aytildi.
Nauertning ta'kidlashicha, 2017 yilda AQSh FOQT bo‘linmasiga «Isroil va Falastin o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlash» uchun tadbirlarni amalga oshirishga ruxsat bergan. «Biroq, FOQT Isroil bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va mazmunli muzokaralar olib borish uchun choralar ko‘rmadi. Aksincha, tashkilot rahbariyati AQSh tinchlik rejasini qoralab chiqdi. Bu borada Kongress tashvishlarini inobatga olgan holda, ma'muriyat Vashingtondagi FOQT ofisini yopishga qaror qildi», - deyiladi Nauert bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar tinchlik jarayonini ilgari surishning yagona yo‘li - ikki tomonning bevosita aloqalari ekanini ta'kidlashda davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:47 / 12.11.2024
“Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz” - Shavkat Mirziyoyev
17:40 / 08.11.2024
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
14:47 / 07.11.2024
Falastin prezidenti va ADL bosh kotibi Falastin va G‘azodagi vaziyatni muhokama qildi
14:08 / 06.11.2024